35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Shu maqsadda, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-«Shifokor» saylov okrugi deputati O.Lapasova hamda Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov mahalla vakillari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ko‘cha va ichki yo‘llarning holati, infratuzilma obyektlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, sanitariya va ekologik holat, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijro holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan muloqot davomida hududni yanada obod qilish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar uchun qulay infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Deputatlik nazorati tadbirlari kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 2