35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MAHALLA MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MAHALLA MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "13-Uchtepa" okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich o‘z saylov okrugida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan uchrashgan holda hududdagi muammolarni o‘rganib bormoqda.

🕯 Navbatdagi o‘rganishlar davomida Shahar 3-tor va Sakkokiy 3-tor ko‘chalaridagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi. Jumladan, deputatlik tavsiyalariga muvofiq mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli hududlar o‘rganildi.

📇 O‘rganish davomida mazkur ko‘chalarda piyodalar uchun yo‘laklar tashkil etish, notekis va ta’mirtalab yo‘l qismlarini tartibga keltirish zarurligi aniqlandi. Bu masalalar yuzasidan mahalla aholisi va mas’ullar bilan fikr almashildi.

🗂 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida zarur ishlarni amalga oshirish masalasi tuman Mahallalar uyushmasi mas’ullariga yetkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mahalla mablag‘lari hisobidan tegishli ishlarni amalga oshirish masalasi nazoratga olindi.

🗣 Deputat tomonidan hududdagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7