35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Oliy Majlis Senati Kengashining Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish masalasiga bag'ishlangan yig'ilishi videokonferensiya shaklida o'tkazildi

Oliy Majlis Senati Kengashining Turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish masalasiga bag'ishlangan yig'ilishi videokonferensiya shaklida o'tkazildi

✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlisida turizm sohasini jadal rivojlantirish orqali uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish borasida hudud va tarmoqlarda amalga oshirilgan ishlar hamda o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

📌 Majlis davomida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sohada investitsiyalarni jalb etish, xizmatlar sifatini oshirish hamda hududlarning turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Tadbirda sohaga mas’ul viloyat hokimlari o‘rinbosarlari, hududiy boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari, kotibiyat mudirlari hamda tegishli doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi.

🔴 Muhokamalar davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda sohaning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🌀 Majlis yakunida turizm sohasini yanada rivojlantirish, hududlarning turistik jozibadorligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4