35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Nurullayev Zavqiddin Zaripovich tomonidan Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ichki yo‘llarning mavjud holati, shag‘allashtirish zarur bo‘lgan uchastkalar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida olib boriladigan shag‘allashtirish ishlari yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan joyida muhokamalar o‘tkazildi.

Slide 1 of 3