📍 Gulbuloq mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O’.Hamrayevlar tomonidan Gulbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichki ko‘cha yo‘llarining holati yuzasidan 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildilar.
Nazorat jarayonida mahalladagi ichki yo‘llarning mavjud holati, ta’mirga muhtoj eletr simyog’ochlar, aholi harakati uchun qulayliklar, yo‘llarni saqlash va obodonlashtirish ishlarining sifati atroflicha o‘rganildi.
Tahlil davomida hududdagi 50-maktabiga o’quvchilar qatnaydigan 500 metr yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.