📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Yaqubov To‘lqin Sa’dullayevich hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Taraqqiyot mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurish orqali fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolari o‘rganilmoqda.
⛽️ O‘rganish jarayonida Taraqqiyot mahallasida joylashgan "ASL Karimbek" MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
🛣 Fuqarolar tomonidan mazkur yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida chuqurliklar mavjudligi, bu esa transport vositalari harakati uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📝 Aniqlangan muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga masalani o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritilishi belgilandi.
🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish hamda hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.