35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

"Hokim deputatlik okrugida o‘rganishlar olib bormoqda"

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 4-Novza saylov okrugi deputati, Chilonzor tumani hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o'g'li boshchiligida “Novza” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari tashkil etildi.
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida erta tongdan boshlangan ushbu tadbirda mahalla faollari, mahalla kengashi a’zolari hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi vakillari jam bo‘lishdi. O‘rganishlar davomida hududning infratuzilmasini yaxshilash, tozalik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda aholi murojaatlarini joyida hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Deputat va tuman hokimi boshchiligidagi bu kabi tizimli o‘rganishlar tumanning barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2