35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Davlat xizmatchilari xatti-harakatlari va takroriy murojaatlar tahlili

2026-yilning hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali davlat xizmatchilari xatti-harakatlari yuzasidan 171 ta shikoyat kelib tushdi.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi 476 ta murojaatga nisbatan sezilarli kamaygan bo‘lsa-da, ayrim sohalarda murojaatlar salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.

📌 Eng ko‘p shikoyatlar quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelgan:

🔹 Mahalla raislari va mahalla xodimlari faoliyati – 32 ta;

🔹 Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari – 19 ta;

🔹 Majburiy ijro byurosi xodimlari – 18 ta;

🔹 Ta’lim sohasi xodimlari – 18 ta;
🔹 Ichki ishlar organlari xodimlari (tergov, profilaktika, YHXX, PPX, JIE va pasport tashqari) – 12 ta;
🔹 Kadastr xodimlari – 10 ta;
🔹 Bank xodimlari – 9 ta;
🔹 Profilaktika inspektorlari – 8 ta.
🔄 Takroriy murojaat soni oshgan

Hisobot davrida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 699 ta takroriy murojaat kelib tushgan.