35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasida kun tartibidagi navbatdagi masalalardan biri — tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada elektr ta’minoti korxonasida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida qonuniylik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Deputatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda bu boradagi nazorat choralarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Sessiya yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.