35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YOSHLAR TASHABBUSI – TUMAN OBODLIGIGA MUNOSIB HISSА

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi a’zolari tomonidan ezgu tashabbus ilgari surildi.

Tumanimiz obodligi, atrof-muhit tozaligi va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga hissa qo‘shish maqsadida yoshlar obodonlashtirish xodimlariga ko‘mak berish aksiyasida faol ishtirok etdilar.

Tashabbus davomida hududlarni obodonlashtirish, tozalik ishlarini amalga oshirish hamda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borildi.

Yoshlarning bunday faol tashabbuslari nafaqat hududlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki jamiyatda hamjihatlik, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

🌱 Yoshlar – obod va farovon yurt bunyodkorlari!

Slide 1 of 2