35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 DEPUTATLAR HUDUDLARDAGI MUAMMOLARNI O‘RGANMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari izchil olib borilmoqda.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi hisobot masalasi kiritilgan.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Tuychiyeva tomonidan Chimboy MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va aholi murojaatlari o‘rganildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan:

🔹 ariqlardan sug‘orish suvi yetarli darajada kelmayotgani;

🔹 suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi;

🔹 ayrim elektr simyog‘ochlarning eskirgani va ularni yangilash zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Slide 1 of 1