Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan 2026-yil 24-iyul kuniga belgilangan ish rejasiga muvofiq Kengash faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan vazifalar amalga oshiriladi.
✅ Ish kuni xodimlar davomatini nazorat qilish, E-Kengash hamda EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlar va xatlar bilan ishlash, Kengash faoliyatiga oid yangiliklarni yoritish hamda xodimlar o‘rtasida kunlik vazifalarni taqsimlashdan boshlanadi.
✅ Kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mahallalarda joyiga chiqib o‘rganish ishlari, sessiya hujjatlarini tayyorlash, doimiy komissiyalar bayonnomalari va qaror loyihalarini ishlab chiqish hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish ishlari olib boriladi.