35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KAMOLOT MAHALLASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH BO‘YICHA KENG KO‘LAMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova tashabbusi bilan Kamolot mahallasida yo‘llarni ta'mirlash va asfaltlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

✅ Qo‘shimcha dastur va chora-tadbirlar doirasida mahallaning 2,5 kilometrga yaqin ichki yo‘llarida asfaltlashtirish ishlari bajarildi.

Bu esa transport qatnovi va piyodalar harakati uchun yanada qulay sharoit yaratdi.

✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi qarori bilan tasdiqlangan "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida 3 kilometrga yaqin ichki yo‘llarga sifatli asfalt qoplamasi yotqizildi.

✅ Bundan tashqari, deputat boshchiligida mahalla faollari va fuqarolar hashar yo‘li bilan yana 500 metr ichki yo‘l asfaltlashtirilib, hududning obodonlashtirilishiga munosib hissa qo‘shildi.

Slide 1 of 5