Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid masalalar o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Deputat tomonidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularning qonuniy va o‘z vaqtida yechim topishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolarini manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.