Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘zi saylangan “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugi hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔍 O‘rganish davomida hududdagi nomsiz ko‘chalarga nom berish hamda takroriy nomdagi ko‘chalar nomlarini o‘zgartirish masalalari joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish ishlarida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini ta’minlash bo‘yicha maslahatchisi B.Perdebaeva ishtirok etdi.
📑 Mazkur o‘rganishlar hududdagi ko‘chalar nomlarini tartibga solish, takroriy nomlarni bartaraf etish hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani puxta tayyorlashga qaratilgan.