35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mang‘itobiod mahallasida asfaltlashtirish ishlari nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov o‘ziga biriktirilgan hududiy dasturlar ijrosi ustidan muntazam deputatlik nazoratini olib bormoqda.

Mazkur nazorat doirasida Mang‘itobiod mahallasida amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🚧 O‘rganish davomida yo‘l qurilishining sifati, belgilangan loyiha asosida bajarilishi, ishlarning borishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

🤝 Deputat mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot qilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bildirilgan taklif va mulohazalarni tingladi.

📌 Asfaltlashtirish ishlari aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda hududni obod etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5