Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining deputati A.Oripov va tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Esanovlar tomonidan “Sayrak” mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining shayligi, moddiy-texnik bazaning holati hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube