Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G. Risqulovaning 2026-yil II chorak yakunlari yuzasidan aholi bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda olib borilayotgan ishlar hamda aholi murojaatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov hamda mahalla uyushmasi vakili X.Jumaboyev ishtirok etdi.
Aholi bilan ochiq va samimiy muloqot orqali ko‘tarilgan masalalarni hal etish, xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi bunday uchrashuvlar izchil davom etadi.