Jańalıqlar

Aholi bandligini ta’minlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda tumanda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🤝 Dastlab Taxiatosh tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Djangabayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🏭 Shundan so‘ng o‘rganish ishlari joyiga chiqqan holda davom ettirildi. Taxiatosh tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasidagi temir-beton buyumlari sexi faoliyati ko‘zdan kechirilib, ijtimoiy reyestrda turgan fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlangani o‘rganildi.

🏟 Shuningdek, Taxiatosh tumani sport maktabida ham ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning ishga joylashtirilgani joyida ko‘zdan kechirildi.

⚡️ Bunday o‘rganishlar bandlikka oid ma’lumotlarning amaldagi holatini baholash, fuqarolarni barqaror ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2