Jańalıqlar

Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

📈Kafolatlangan himoya va samarali boshqaruv: "Paxtakor" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati qonunchilik asosida tahlil qilindi!

🗣Bandixon tumanida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar jadal davom ettirilmoqda.

📍Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 9-"Paxtakor" saylov okrugi deputati A.Allamuradovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Paxtakor" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

💬Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida xotin-qizlar faolining ish jarayoni tahlil qilindi:

🟢Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Mahallada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berishda profilaktika inspektori bilan hamkorlik tizimi;

🟢Nizoli oilalar bilan ishlash: Ajrim yoqasiga kelib qolgan xonadonlar, notinch oilalar bilan manzilli ishlash va ularni sog‘lomlashtirish choralari;

🟢Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda ularga psixologik, huquqiy va moddiy ko‘mak berish sifati.

O‘rganish yakunida "Paxtakor" mahallasida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olishda mahalla faollari hamkorligini yanada kuchaytirish hamda ish yuritish tizimidagi aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 1