Jańalıqlar

📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.To‘raqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimova hududda obodonlashtirish va sanitariya holatini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida ichki yo‘llarning holati, aholi xonadonlari atroflarida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda tozalik va ozodalikka rioya etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3