Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Do‘stlik mahallasidagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan 1-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniy-ma’rifiy va to‘garak mashg‘ulotlariga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish yakunida mavjud holat tahlil qilinib, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.