Jańalıqlar

#_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 15-Telpakchinor saylov okrugi deputati, tuman Kengashi bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi "Ekspert guruhi" a’zosi M.Normo‘minova tomonidan Sariosiyo tumanining "Nurbuloq" va "G‘alabutta" mahallalarida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
 Har bir murojaat sinchkovlik bilan o‘rganilib, mavjud holatga huquqiy va amaliy jihatdan baho berildi. Muloqot davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, tegishli tushuntirishlar berildi.
 Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar deputatning murojaatlar daftariga qayd etildi va ularni qonunchilik doirasida hal etilishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 4