Jańalıqlar

Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi

Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati xodimlari D.Yo‘ldashеva, U.Tolliboyev va A.Abduraimov tomonidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.

🔘O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish, ish jarayonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi ishlarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

🔘Jarayon davomida kotibiyat faoliyatini yuritish, Kengash sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, hujjatlar bilan ishlash, deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda nazorat tadbirlarini tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

👍Shuningdek, ish jarayonida mavjud tajribalar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5