Jańalıqlar

Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan ishchi tartibda muhokama o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X.Sultonov, kotibiyat bosh mutaxassisi P.Rahmonov hamda tuman hokimligi mutaxassisi F.Xudayberganov ishtirokida davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijro holati ishchi tartibda ko‘rib chiqildi.

📑 Muhokama davomida davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan topshiriqlarning bajarilish holati, ijro intizomi hamda mavjud masalalar atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, dasturlar ijrosini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Yakunda davlat dasturlari ijrosini yanada takomillashtirish va belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1