Jańalıqlar

#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Turmushobod” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Turmushobod” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugi deputati, tuman Kengashining bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M.Normo‘minova tomonidan “Turmushobod” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqilgan holda o‘rganildi
O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda oilalarning daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 3