Jańalıqlar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–377-sonli qarori asosida ta’mirlash va rekonstruksiya qilinishi belgilangan Boyovut tumani "Sohil" mahallasida joylashgan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar holati Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A. Odilov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari hali boshlanmaganligi kuzatildi. Shu munosabat bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari bilan muloqot o‘tkazildi.

Mas’ullar tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlarining boshlanish muddatiga oid aniq ma’lumot hozircha mavjud emas.

Deputat tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha ishlarning o‘z vaqtida boshlanishi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda monitoring ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6