Jańalıqlar

"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi

"Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz", "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Tuman Kengashi raisi N.Abrarov tuman Madaniyat markazida tumanimizdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar va xodimlarining ota-onalari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" va "Farzandlarimizni giyohvandlikdan asraylik" shiorlari ostida uchrashuv tashkil etildi.

Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va qonun ustuvorligini ta'minlash, yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, korrupsiyaga qarshi kurashish va yoshlarni giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan asrash borasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3