Jańalıqlar

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov qabul qilgan murojaatda Jondor mahallasi fuqarolari Rustamov Bekjon Ravshan o‘g‘li va boshqalar "JR COTTON" MCHJ paxta tozalash zavodiga 2026 yil 1 may kuni quritish operatori sifatida ishga qabul qilingani, ammo bugungi kunga qadar ish haqlari to‘lab berilmaganini ma’lum qildilar.
✔️Shuningdek, murojaatchilar o‘z xohishlariga ko‘ra ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozmagan bo‘lsalar-da, amalda ishdan chetlashtirilganliklarini bildirib, qonuniy chora ko‘rishni so‘radilar.
✔️Murojaatda keltirilgan holatlarni qonunchilik talablari asosida o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rish maqsadida deputat I.Xolov tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Y.Norov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 2