2-sonli umumta’lim maktabida sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi I. Ikromov tomonidan Kogon shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabdagi sport maydonlari, mavjud jihozlar holati, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularni saqlash va yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar o‘quvchilar uchun sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, yosh avlodni sportga keng jalb etishga qaratilgan holda davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati