Jańalıqlar

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, deputatlar A.Appaqov, U.Shokirov va M.Jalolov Andijon shahridagi "Sadda" MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mahalla raisi tomonidan mahallada olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar muammolarini manzilli hal etish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, 24 tavsiyada belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4