Jańalıqlar

“SHARLAUQ” MAHALLASI KOʻCHALARI TUNGI YORITGICH CHIROQLARI BILAN TAʼMINLANADIMI?

​Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Jasurbek Quryazov aholi murojaati asosida harakatni boshladi.

​Deputat tomonidan “Sharlauq” mahallasi tarkibidagi Tuyamoʻyin yoʻli, Namuna, Yoshlik hamda Usmon Yusupov koʻchalariga tungi yoritgich chiroqlarini oʻrnatish masalasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi R.Yuldashovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.

​Muddat — 10 kun. Koʻchalarning yorugʻ va xavfsiz boʻlishi deputatning qatʼiy nazoratida.