Jańalıqlar

Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Kitob tumanida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumandagi 35/10 kV "Makrid" nimstansiyasida mavjud 4 000 kVA quvvatga ega transformator o‘rniga 6 300 kVA quvvatli yangi transformatorni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha yakunlangach, "Makrid", "Zarafshon", "Oyoqchi", "Qashqadaryo", "Navro‘z" va "Navbahor" mahallalarida istiqomat qiluvchi 30 mingdan ziyod aholi sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Hududda amalga oshirilayotgan bunday modernizatsiya ishlari elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

KENGASH_FAOLIYATI

Slide 1 of 6