Jańalıqlar

Zarafshon mahallasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan Zarafshon mahallasida mahalla yettiligi hamda profilaktika inspektori ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida probatsiya nazoratida turgan hamda jazoni o‘tab qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar bandligini ta’minlash, ajrim yoqasidagi va notinch oilalar bilan manzilli ishlash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘RQ-263-son Qonuni ijrosini ta’minlash, mutasaddi idoralar hamkorligini yanada kuchaytirish belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 3