Jańalıqlar

O‘rayelipok" mahallasida yangi loyihalar o‘rganildi

Kotibiyat mudiri B. Xamrayev tomonidan "O‘rayelipok" mahallasida yangidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi hamda muzlatkich qurilishi jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, yaratilayotgan sharoitlar va loyihaning kelgusidagi istiqbollari bilan tanishildi.

Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirish, obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish hamda hudud aholisi uchun qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3