Jańalıqlar

Kengash_faoliyati

ICHKI YO‘LLAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 13-"Farovon" saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Azamat Almardanovich tomonidan O‘rg‘ulsoy mahalla fuqarolar yig‘inining Irmoq ko‘chasida 1.650 metr masofada amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

✅Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari sifatini nazorat qilish maqsadida tashkil etildi.

✅O‘rganish davomida:

🔹 asfalt qoplamasining sifati, bajarilgan ishlarning hajmi hamda belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi;
🔹 yo‘llarda aholining xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar baholandi;
🔹 mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazilib, yo‘llarni asrash, ulardan oqilona foydalanish hamda jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

✅Xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma loyihalarining sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

✅Bandixon tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari tasdiqlangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda. Bunday loyihalar aholi turmush farovonligini oshirish, mahallalarda qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4