Jańalıqlar

Yangi oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev tomonidan Galabotir mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi bilan imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan yangi oilaviy korxona faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida blok ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan korxonaning ish jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, korxona faoliyatida uchrayotgan ayrim kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2