Jańalıqlar

Baxshitepada aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari muhokama qilindi

📌Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F. Rahmatov Baxshitepa mahallasida mahalla hokim yordamchisi bilan uchrashib, aholini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

📌Uchrashuv davomida yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr almashilib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1