Jańalıqlar

Deputat aholi murojaatlarini tingladi.

Deputat aholi murojaatlarini tingladi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining deputati Sh. Usmonova o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularni uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolarni tingladi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, soha mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholiga tarqatilgan 162 ta qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berilib, ularning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar yetkazildi.

Slide 1 of 3