Jańalıqlar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati D.Mirzaxonova

#24_ta_masala

⏩Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati D.Mirzaxonova tomonidan Balandchordara mahallasidagi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

⏩O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

⏩Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb qilish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida tavsiyalar berildi.

⏩Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlashda tashabbuskorlikni yanada kuchaytirish, mahalladagi uyushmagan yoshlarni qamrab olish hamda manzilli ishlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram