Jańalıqlar

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev

#kotibiyat_mudiri
#24_ta_masala

⭐️Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Teshayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vayrot mahallasida yangi qurilayotgan oilaviy shifokorlik poliklinikasida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

⭐️O‘rganish jarayonida obyektning qurilish holati, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar olib borildi.

⭐️Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasasini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⭐️Mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram