Jańalıqlar

Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda

O‘z. XDPdan saylangan tuman Kengashi deputati Gulshod Yusupova hamda Kengash Kotibiyati xodimi Z.Darmonov tomonidan 1-Navoiy saylov okrugida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilaning yashash sharoiti o‘rganildi.

Davlat tashkilotlari, tuman hokimligi hamda homiylar ko‘magida amalga oshirilayotgan yangi uy-joy qurilishi jarayoni atroflicha ko‘zdan kechirilib, nazoratga olindi.

📌 Sessiya oldi tahlil: Mazkur o‘rganish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ijro hokimiyati vakili bilan hamkorlikda hududdagi haqiqiy holat va muammolar joyida tahlil qilindi.

Slide 1 of 4