Jańalıqlar

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan Kengash ish rejasiga asosan tumandagi "Yangi turmush" mahalla fuqarolar yig'inida mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 1