Jańalıqlar

Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O.Muzaffarova hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Toyirovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunining Jondor tumanidagi ijrosi hamda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor loyihalar yuzasidan nazorat tadbiri tashkil etildi.
➡️Davra suhbatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, qonun talablarining hududlarda samarali ijrosini ta’minlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy o‘quv muhitini yaratish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar, ta’lim muassasalarini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
➡️Tadbir yakunida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari, xalq deputatlari hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2