Deputat faoliyati: Murojaat joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M.Sayfiddinova hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassislari ishtirokida navbatdagi sayyor o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Kengash vakillari Toyloq tumani "Bunyodkor" mahallasi fuqarolari tomonidan yo‘llangan quyidagi dolzarb masalalarga oid murojaatlarni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandilar:
Dehqon bozori oldi qismidagi yo'lga svetafor o'rnatish;
Ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish;
Toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash.
O‘rganish davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, mavjud muammolar tahlil etildi hamda ularni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko'rish bo'yicha
ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi nazoratga olinishi ta’minlanadi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook