Jańalıqlar

Deputat maktabdagi sport sharoitlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Azamat Usmonov tomonidan Nurafshon mahallasida joylashgan 4-son umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida maktabda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, xususan sport zallari, ochiq sport maydonchalari hamda sport anjomlarining mavjudligi va ularning bugungi holati o‘rganildi. Shuningdek, sport jihozlaridan foydalanish samaradorligi, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etilish darajasi hamda mavjud sharoitlarning zamon talablari asosida tashkil etilgani yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Yoshlarning jismonan sog‘lom va barkamol voyaga yetishida ta’lim muassasalarida yaratilgan sport sharoitlari muhim аҳamият kasb etishi ta’kidlandi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3