Jańalıqlar

Deputatlik nazorati:

Deputatlik nazorati:
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov tomonidan Fidokor mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati yuzasidan 24 ta masala bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi.
O‘rganishlar davomida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, soliq tushumlarini oshirish, soliq qarzdorligini qisqartirish, tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq qonunchiligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari hamda mahallada soliq intizomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Deputatlik nazorati aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalarda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2