Jańalıqlar

Navro‘z va Oltiqahramon MFYlarda chorvachilik va veterinariya xizmatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala — tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisobotini tayyorlash doirasida Navro‘z va Oltiqahramon MFYlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat aholi xonadonlarida chorvachilik holati, veterinariya xizmatlarining amaldagi faoliyati hamda veterinariya pasporti yuritilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, veterinariya shifokorlarining joylardagi ishlash tartibi va xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar tomonidan muammolar qayd etildi.

Veterinariya xizmati yetarli darajada tashkil etilmagani, emlash tadbirlari rejasi to‘liq bajarilmayotgani, epidemiyalar davrida malakali veterinariya mutaxassislarining yetishmasligi aniqlandi.

Slide 1 of 3