Jańalıqlar

Joylardagi o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala — tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbarining hisoboti yuzasidan Balxiyon mahallasida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida mahalla fuqarolari va chorvadorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, veterinariya xizmatlari sifati, chorva mollarining profilaktik emlash tadbirlari, mavjud muammolar hamda aholining taklif va mulohazalari o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, ularni bartaraf etish hamda sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etiladi.

Deputatlik nazorati — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududlarda mavjud muammolarga yechim topishning muhim omilidir.

Slide 1 of 1