Jańalıqlar

Deputat faoliyatidan

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi

⚡️ Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 20-"Do‘ng" saylov okrugidan saylangan deputati Sadinov Abror Samadovich, Kengash kotibiyati mutaxassisi S. Safarova hamda biriktirilgan tashkilot — O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tuman bo‘limi xodimi hamkorligida tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim faoliyatining amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi, ish yuritish holati hamda hujjatlarning rasmiylashtirilishi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2